MAXFIYLIK SIYOSATI

Tahrir: 01.11.2026. Manzil: https://vafo.uz/privacy

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu siyosat "ALDO" MÇJ (STIR 312913794; bundan buyon — «Operator») Vafo mobil ilovasi (bundan buyon — «Ilova») va vafo.uz sayti foydalanuvchilarining shaxsga doir ma'lumotlarini qanday yig'ishi, ishlatishi, saqlashi va himoya qilishini tushuntiradi.

1.2. Ma'lumotlar «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunga muvofiq qayta ishlanadi.

1.3. Ilovada ro'yxatdan o'tish va undan foydalanish orqali Foydalanuvchi o'z ma'lumotlari ushbu siyosatda ko'rsatilgan maqsadlarda qayta ishlanishiga rozilik beradi.

1.4. Ilova 18 yoshga to'lgan shaxslar uchun. 18 yoshga to'lmagan shaxsning ma'lumotlari aniqlansa, ular o'chiriladi.

2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

2.1. Hisob: telefon raqami; Google yoki Apple orqali kirilganda — ushbu hisobdagi ism va elektron pochta.

2.2. Profil: ism, yosh, jins, yashash hududi, oilaviy ma'lumotlar, nomzodga qo'yiladigan talablar, rasmlar va o'zingiz haqingizdagi matn.

2.3. Faollik: kimga qiziqish bildirganingiz, tanishuvlar, Sovchi va boshqa foydalanuvchilar bilan yozishmalar, shikoyatlar va murojaatlar.

2.4. To'lovlar: tarif, summa, sana va to'lov holati — Click yoki Payme'dan keladi. Karta ma'lumotlari Operatorga berilmaydi va Operatorda saqlanmaydi.

2.5. Qurilma va foydalanish: qurilma turi, operatsion tizim, ilova versiyasi, IP manzil, push-bildirishnoma tokeni, ilova ichidagi harakatlar, xatolik hisobotlari va ilova ekranlari bilan ishlash yozuvlari.

2.6. Ilova qurilmaning aniq joylashuvini (GPS) yig'maydi.

3. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi

3.1. Hisob yaratish va kirishni tasdiqlash (SMS yoki Telegram orqali bir martalik kod).

3.2. Mos nomzodlarni tanlash va ko'rsatish.

3.3. Vafo Plus to'lovlarini qabul qilish, cheklarni berish va pulni qaytarish.

3.4. Firibgarlik, soxta profillar va qoidabuzarliklarning oldini olish.

3.5. Bildirishnomalar yuborish va qo'llab-quvvatlash xizmati.

3.6. Xatolarni tuzatish va Ilovani yaxshilash.

4. Ma'lumotlar kimga beriladi

4.1. Boshqa foydalanuvchilarga — profilingizning Ilovada ko'rsatiladigan qismi.

4.2. Ilova ishlashi uchun xizmat ko'rsatuvchilarga: bulutli xosting va ma'lumotlar bazasi (Supabase), push-bildirishnomalar va tahlil (Google Firebase), xatolar va ishlash monitoringi (Datadog, Sentry), SMS va Telegram orqali kod yuborish xizmatlari, to'lov tizimlari (Click, Payme), kirish xizmatlari (Google, Apple). Ular ma'lumotlardan faqat o'z xizmatini ko'rsatish uchun foydalanadi.

4.3. Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlariga.

4.4. Operator shaxsga doir ma'lumotlarni sotmaydi.

5. Saqlash joyi, muddati va himoya

5.1. Ma'lumotlar xizmat ko'rsatuvchilarning serverlarida, jumladan AQShdagi serverlarda saqlanadi.

5.2. Ma'lumotlar hisob faol bo'lgan davrda saqlanadi. Hisob o'chirilganda shaxsiy ma'lumotlar 14 kun ichida o'chiriladi yoki anonimlashtiriladi; qonun talabi yoki firibgarlikning oldini olish uchun saqlanishi kerak bo'lgan ma'lumotlar bundan mustasno. To'lov yozuvlari qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.

5.3. Operator ma'lumotlarni shifrlash, kirishni cheklash va boshqa texnik choralar bilan himoya qiladi.

6. Foydalanuvchining huquqlari

6.1. Foydalanuvchi o'z ma'lumotlari haqida bilish, ularni tuzatish, o'chirishni talab qilish va roziligini qaytarib olish huquqiga ega.

6.2. Profilni Ilovada tahrirlash va hisobni Ilova sozlamalarida o'chirish mumkin.

6.3. Boshqa so'rovlar qo'llab-quvvatlash xizmatiga yuboriladi (8-bo'lim). Javob 10 kun ichida beriladi.

7. O'zgartirishlar

7.1. Siyosatning yangi tahriri shu sahifada kuchga kirish sanasi bilan e'lon qilinadi.

8. Aloqa

"ALDO" MÇJ · STIR 312913794 · Toshkent sh., Ts-5, Parkent ko'chasi, 241-uy · Telefon: +998 99 833 33 00 · Elektron pochta: hello@vafo.uz